my5
Sevimli

Namanganda eshak go`shtini sotganlar ushlandi

Jamiyat 17.10.2021, 14:46
Теглар: eshak go`shti
Namanganda eshak go`shtini sotganlar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda eshak go`shtini so`yganlar ushlandi" izohli video tarqaldi. 

Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv ishlarida quyidagilar aniqlangan.

 1985 yilda Uychi tumanida tug`ilgan fuqaro o`z tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr kuni so`yilgan eshshak go`shtidan chiqqan chiqindilarini akasining yashash xonadonidan olib, ushbu chiqindixonaga tashlab ketganligini ma`lum qilgan. 

Mazkur shaxsning akasi yozgan tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr kuni Namangan viloyati, Yangiqo`rg`on tumanida joylashgan hayvon bozoridan 3 bosh eshshak xayvonini 580.000 so`mga sotib olib, yashash xonadoniga olib kelib, ushbu eshshaklarni bir o`zi so`ygan.

 Go`sht maxsulotlarini Namangan shahrida yashovchi tanishi 1948 yilda tug`ilgan fuqaroga sotgan. 

Eshshak go`shtining ichki a`zolarini esa ukasiga tashlab kelishini aytganligini ma`lum qilgan. 

Eshshak go`shtini sotib olgan fuqaro o`z tushuntirish xatida Namangan shahrida joylashgan xayvonot bog`ida "ekspeditor" lavozimida ishlab kelishini, u hayvonlarga kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bilan shug`ullanishini ma`lum qilgan.

 2021 yil 16 oktyabr kuni tanishidan 600.000 so`mga go`sht mahsulotlarini sotib olgan va ularni xayvonot bog`idagi xayvonlarga berishini bayon qilgan.  

 "Mazkur xolat bo`yicha xozirda Namangan shahar IIO FMB tomonidan tekshiruv xarakatlari davom ettirilmoqda",-deyiladi xabarda.

Шарҳлар

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan eshak goʻshti bilan bogʻliq holat Qashqadaryoda aniqlangani maʼlum qilindi

02.06.2021, 15:36

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Parkent tumani Soʻqoq qishlogʻida eshak goʻshtidan taom (shashlik) tayyorlanmoqda, ehtiyot boʻling” kabi xabar tarqatilmoqda.Ushbu holat yuzasidan, 26-may kuni Qashqadaryo viloyati Koson...