COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo`shimcha 1,3 trln so`m ajratildi.
14 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish bo`yicha parlament komissiyasi yig`ilishida koronavirusga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun uchun 2021 yil Davlat byudjetida 3 trln so`m zaxira shakllantirilgan edi. Ayni paytda ushbu mablag` to`liq o`zlashtirilgan.
Shuningdek, yana qo`shimcha ajratilgan 1,3 trln so`m mablag`ning joylarga o`z vaqtida etkazilishi va maqsadli ishlatilishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu ajratilgan mabalag`larning 800 mlrd so`mi o`zlashtirib bo`lingan.