my5
Sevimli

Navoiyda fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro`sizlantirmoqchi bo`lgan tovlamachi ushlandi

Jinoyat 18.10.2021, 11:00
Navoiyda fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro`sizlantirmoqchi bo`lgan  tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo`rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo`li bilan 30 mln so`m talab qilib, elektron to`lov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln so`mni o`tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi  bo`yicha yuborilgan.

 

Шарҳлар