my5
Sevimli

Buxoroda boks bo`yicha yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`oliblar aniq bo`ldi

Sport 18.10.2021, 11:15
Buxoroda boks bo`yicha yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`oliblar aniq bo`ldi

Avval xabar berganimizdek, 10-16-oktyabr kunlari Buxoro shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan jami 362 nafar bokschi sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishdi.

Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji sport zalida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa finalini tomosha qilish uchun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham tashrif buyurdi. Musobaqada umumjamoa hisobida mezbon Buxoro viloyati vakillari 1-o`rinni egallashdi. Ular 4ta oltin, 2tadan kumush va bronza medaliga sazovor bo`lishdi. Keyingi o`rinlarni Andijon va Qoraqalpog`iston Respublikasi terma jamoasi egalladi. Chempionat g`olib va sovrindorlariga medal, diplom va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

 

 

Quyida 2021-yilgi yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionatining barcha g`olib va sovrindorlari bilan tanishing:

-48 kg:

1-o`rin: Miralijon Mavlonov (Buxoro),

2-o`rin: Humoyunmirzo Abdurasulov (Farg`ona OZK),

3-o`rinlar: Baxtiyor Yaxshiboev (Samarqand), Muhammadqodir Tojiraliev (Andijon),

-51 kg:

1. Xo`janazar Nortojiev (Surxondaryo),

2. Muhammadjon Abdullaev (Farg`ona),

3. Ahmadjon Qo`ziboev (Urganch OZK), Javohir Qo`ysinov (Respublika OZK)

-54 kg:

1. Abduvali Bo`riboev (Andijon),

2. Sayat Ilyasov (Chirchiq OZK),

3. Sardorbek Hakimjonov (Farg`ona), I.Nuhriddinov (Toshkent viloyati),

-57 kg:

1. Baxtiyor Asadov (Buxoro),

2. Mirkomil Sayitoxunov (Andijon OZK),

3. Daler Bozorov (Buxoro), Hasan O`razaliev (Jizzax),

-60 kg:

1. Suhrob Aminov (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Zabardast Hayotov (Buxoro),

3. Amirjon G`anijonov (Chirchiq OZK), Muhammadali Azimjonov (Andijon)

-63,5 kg:

1. Javohir Ummataliev (“Dinamo”),

2. Xusan Turdaliev (Toshkent vil.),

3. Suhrob Abdullaev (Chirchiq OZK), Bilol Ixvolov (Andijon),

-67 kg:

1. Fazliddin Erkinboev (Namangan OZK),

2. Shavkatjon Boltaev (Chirchiq OZK),

3. Bekzod Begmurodov (“Dinamo”), Amanbek Konsbekov (Buxoro),

-71 kg:

1. Alisher Ayupov (Buxoro),

2. To`rabek Habibullaev (Toshkent vil.),

3. Aziz Bahromqulov (Samarqand), Samandar Qosimov (Farg`ona OZK),

-75 kg:

1. Javohir Mirzajonov (Toshkent),

2. Rahmatillo Boymatov (Namangan),

3. Bekzod To`raev (Xorazm), Boborahim Dehqonov (Farg`ona OZK),

-80 kg:

1. Abdulaziz Abdurahmonov (Andijon OZK),

2. Samandar Jalolov (“Dinamo”),

3. Sardor Tursunov (Andijon OZK), Sherzod Mahmudjonov (Andijon),

-86 kg:

1. Jamoliddin Qozoqov (Andijon),

2. Ozod Shodiev (Toshkent vil.),

3. Humoyunmirzo Odiljonov (Andijon), Sobir Rejamatov (Toshkent),

-92 kg:

1. Aynazar Kenesbaev (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Elyor Jo`raev (Namangan OZK),

3. Ulug`bek Shomurodov (Samarqand), Damir Abloqulov (Samarqand),

+92 kg:

1. Ravshan Soliev (Buxoro),

2. Muhammad Fayzullaev (Buxoro),

3. Diyorbek Abdumutaliev (Namangan), Abubakr Haydarov (Samarqand).

Шарҳлар