my5
Sevimli

Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun yangi xizmat ishga tushiriladi

Dunyo 18.10.2021, 16:10
Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun yangi xizmat ishga tushiriladi

Rossiya Federasiyasining davlat xizmatlari portalida 2022 yilda uchta yangi xizmatni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.  

Ushbu xizmatlardan biri bo`lgan «Onlayn mehnat migrasiyasi» orqali Rossiya hududidagi bo`sh ish o`rinlarini izlash, ish beruvchi vakillari bilan onlayn suhbatdan o`tish va mehnat shartnomalarini tuzish ko`zda tutilmoqda.

Rossiya bosh vaziri o`rinbosari D.Chernshenkoning ma`lum qilishicha,  «Onlayn mehnat migrasiyasi» xizmati doirasida shuningdek, xodimlar va ish beruvchilar o`rtasida elektron hujjat aylanishi hamda aholi bandligiga ko`maklashish sohasida kompleks elektron xizmatlar ishga tushiriladi.

Шарҳлар