my5
Sevimli

“O`zbekneftgaz”: Gazlida dizel yoqilg`isini o`g`irlamoqchi bo`lganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi (Foto)

Jamiyat 18.10.2021, 18:10
“O`zbekneftgaz”: Gazlida dizel yoqilg`isini o`g`irlamoqchi bo`lganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi (Foto)

Joriy yilning 17 oktyabr kuni taxminan soat 23:00 da “O`zbekneftgaz” AJ Gazli neft va ga qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Hojikazgan-Qumli-Chaqaqum” gazokondensat quvurlari avtoyo`nalishi atrofida Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqam mavjud bo`lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to`xtatib tekshirilgan.

Avtotransport yukxonasida bo`lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo`sh elim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki o`rganish natijalariga ko`ra, haydovchi Buxoro viloyati Qorako`l tumani, Ziyorat MFY, Ziyorat qishlog`ida yashovchi fuqaro Abdujabbor Avezov hech qanday hujjatlarsiz avtomashinani boshqarib kelgani aniqlangan.

Elim bochkalar esa burg`ilash ishlari olib borilayotgan uchastkalaridan dizel yoqilg`isini olib ketish maqsadida keltirilganligi aytilmoqda.

Hozirda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

Шарҳлар