AsosiySport

Manba: U-23 Osiyo chempionati saralash bosqich o`yinlari O`zbekistonda o`tkaziladi

'Manba: U-23 Osiyo chempionati saralash bosqich o`yinlari O`zbekistonda o`tkaziladi'ning rasmi

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o`zining telegram kanalida U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari O`zbekistonda o`tkazilishini ma`lum qildi.  

“D” guruhi o`yinlari aslida Quvayt mamlakatida o`tkazilishi lozim edi. Unda O`zbekiston yoshlar  terma jamoasi ham Osiyo chempionatiga yo`llanma olish uchun Quvaytga jo`nab ketishi kutilayotggan edi. Keyinchalik Quvayt futbol assosiasiyasi saralash bosqich o`yinlarini qabul qila olmasligini ma`lum qilgan edi. Nikimbaevning ma`lum qilishicha, mezbonlik uchun O`zbekiston va Saudiya Arabistoni da`vogarlik qilayotgandi.  

Shu tariqa, Toshkent mezbonlik qiladigan saralash bahslari 27 oktyabr kuni boshlanadi va unda Temur Kapadze boshchiligidagi O`zbekiston U-21 terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvaytga qarshi bahs yuritadi. 

Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar