my5
Sevimli

"Tolibon” o`z safini tozalashga kirishdi

Dunyo 19.10.2021, 07:39
Теглар: Tolibon
"Tolibon” o`z safini tozalashga kirishdi

Afg`onistonda hukumatini qo`lga olgan “Tolibon” poraxo`r hamda nopok odamlardan tozalash bo`yicha ichki ishlar va mudofaa vazirliklarining qo`shma komisiyasi o`z ishini boshladi. Bu haqda mamlakat axborot va madaniyat vazirining o`rinbosari Zabihulla Mujohidga tayanib RIA Novosti ma`lum qildi. 

Ma`lumot uchun, Afg`oniston ishchi ishlar vazirligi vakili Said Xostiy “Tolibon” tomonidan tayinlangan muvaqqat hukumat o`z safini poraxo`r va nomunosib odamlardan tozalash (qarindoshlari yordamida lavozimni egallagan, jinoyatchilar, mahalliy aholi yoqtirmaydigan amaldorlar, o`tmishda katta jinoyatlar qilgan) bo`yicha komissiyani tashkil etayotganini ma`lum qilgan. 

“Bosh razvedka boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan qo`shma komissiya  Islom Amirligi vazirlarining buyrug`i bilan “yomon va nomunosib” odamlardan tozalash ishlariga kirishdi”, - dedi Mujohid.

      Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

Шарҳлар

"Tolibon" harakati mamlakatning uch oylik daromad hisobotini taqdim etdi

21.11.2021, 17:38

“Tolibon” Moliya vazirligi harakatning uch oylik hisobotini taqdim etdi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. Qayd etilishicha, so`nggi 78 ish kunida “Tolibon” g`aznasining daromadi 26,915 milliard afg`oniy...
"Tolibonning tan olinishi"—Zabihullo Mujohid “TASS”ga intervyu berdi

11.10.2021, 11:47

“Tolibon” harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid “TASS” agentligiga intervyu berdi. Unda harakatning tan olinishi, moliyaviy manbalari va “Axloq polisiyasi” xususida so`z boradi, deya xabar bermoqda...
O`zbekistonda bo`lib turgan afg`on uchuvchilarini evakuasiya qilish boshlandi

13.09.2021, 18:32

“Reuters” agentligi bir oyga yaqin vaqtdan beri O`zbekistondagi lagerda bo`lib turgan afg`on uchuvchilari kecha, 12 sentyabr kuni mamlakatni tark etishni boshlaganini ma`lum qildi.Agentlik bilan suhbatlashgan...
Tolibon muvaqqat hukumatiga o`zbeklar ham qo`shildi

10.09.2021, 12:39

Tolibon Afg`onistonda yangi tuzgan muvaqqat hukumati tarkibidan o`zbek va tojik millatiga mansub amaldorlar joy oldi.Tolibon Afg`onistonda hokimiyatni qo`lga kiritishi davlatda istiqomat qiluvchi etnik ozchiliklarning xavotirlariga...