15 oktyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida yangi tashkil etilgan ayrim fanlar chuqur o`rgatiladigan ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab-internatning mas`ul xodimi o`zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali ushbu maktabga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan.
Buning evaziga maktab-internatning qorovuli orqali kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.