my5
Sevimli

"Ibrat" filmi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Madaniyat 20.10.2021, 07:30
Теглар: IBRAT, xalqaro mukofot
"Ibrat" filmi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan Jahongir Qosimov rejissyorligida suratga olingan "Ibrat" tarixiy-badiiy filmi Avstraliyada o`tkazilgan "Xalqaro musulmon kinosi" festivalida "Eng yaxshi to`liq metrajli badiiy film" nominasiyasi bo`yicha mukofotlandi. 

Agentlikning qayd etishicha, kinokartina buyuk ma`rifatparvar olim, mohir tarjimon va tilshunos Ishoqxon Ibrat hayoti haqidaga bag`ishlangan.

Ssenariy mualliflari Nurullo Abbosxon va Abduqayum Yo`ldoshev, postanovkachi operator Rustam Murodov, prodyuser Zafarbek Yo`ldoshev.

Шарҳлар

IBRAT: Olapar...

05.02.2020, 13:53

Umring g`animat, och nazari ibrat, ey ko`zim! Abdullo Avloniy.Gashtakdan kech qaytgan Qobilboy boshi lo`qillab og`rishidan uyg`onib ketdi. Ko`ngli aynib tashqariga chiqdi. Hovlining adog`idan qayt qilib qaytayotganida...