Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Kelajakda Ronalduning o`rnini kim bosa oladi?

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Krishtianu Ronaldu, Futbol

Futbol olamida o`yinchichilar 30 yoshdan o`tganidan keyin, yoshligida namoyish qilgan o`yinlarini qayta ko`rsata olmaydi va o`z faoliyatini yakunlash haqida o`ylaydi. Bugungi sahifamizda “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu va uning o`rnini bosa oladigan haqida so`z yuritmochimiz. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi yana bir necha yil yuqori formada o`ynay olishini ta`kidlashiga qaramay, uning o`yinlarida biroz susayish borligini ko`rishimiz mumkin. Yaqin kelajakda uning o`rnini kim bosa oladi, deb o`ylaysiz? Agar bu savolga javob topishni istasangiz quyidagi sahifani mutolaa qilib ko`ring.

NEYMAR (“Barselona”)
Yoshi: 24

“Real” prezidenti Florentino Peres braziliyalik iqtidor egasiga katta qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas. U hatto Neymarning transferi uchun uning shartnomasida belgilangan 190 mln. evroni to`lashga ham tayyor. Tan olish kerak, Lionel Messi va Luis Suares soyasida qolib ketayotgan Neymar “Real” uchun bebaho o`yinchi va Ronaldu uchun ajoyib o`rinbosar bo`la olar edi. 

Eden AZAR (“Chelsi”)
Yoshi: 25

O`tgan mavsumda Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan belgiyalik futbolchiga bir qator Evropa top-chempionatlari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida ayniqsa “Real” juda faol. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan uning xizmatlariga qiziqish bildiryapti, Azarning o`zi ham fransiyalik mutaxassis bilan ishlashga qarshi emas. “Qirollik klubi” uning transferiga 100 mln. evro ajratishi xabar qilinmoqda. 25 yoshli futbolchi portugaliyalik uchun qoyilmaqom o`rinbosar bo`la oladi.

Pol POGBA (“Yuventus”)
Yoshi: 23

“Yuventus” jamoasining  “motori”, cheksiz mahorat egasi Pol Pogba “Real” etakchisi Ronaldu uchun o`rinbosarlardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Madrid klubi fransiyalik futbolchini qo`lga kiritish maqsadida bir necha bor turinliklarga taklif bilan yuzlandi. Ammo “Yuventus” hozircha fransiyalik futbolchini qo`yib yuborish niyatda emas. Pogba esa o`z faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagi borligini aytgandi. Xohish ustunroq bo`ladimi yoki katta miqdordagi pul, buni yaqin kelajakda bilib olamiz.

Serxio AGUERO (“Manchester Siti”)
Yoshi: 27

Argentinalik futbolchi sahifamizdagi “raqiblari”ga qaraganda yoshi biroz katta bo`lishicha qaramay, u hozir kuchga to`lgan davri. 27 yoshli hujumchi “Manchester Siti”da yorqin o`yinlari va to`purarlik mahorati bilan ko`pchilikning e`tiborini jalb qilgan. Ular orasida “Real” ham bor.

Robert LEVANDOVSKI (“Bavariya”)
Yoshi: 27

Germaniya chempionatining eng yaxshi to`purari Robert Levandovski “Real”da Ronaldu o`rnini bosa oladigan asosiy futbolchilardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. “Qirollik klubi” yozda polshalik futbolchini sotib olish uchun bel bog`lagan. Florentino Peres 27 yoshli futbolchini Ronalduga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda. Levandovski ham Madridga ko`chib o`tishga qarshi emasligini bildirgan.  Qayd etish kerakki, to`purarlik borasida  Robert kasbdoshi Ronaldudan qolishmaydi. 

Marko ROYS (“Borussiya” D)
Yoshi: 26

Dortmund klubining etakchisi Marko Roys yaqin kelajakda porlashi kutilayotgan futbolchilardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Afsuski, uning jarohatlarga moyilligi bir qancha top-klublarni xavotirga soladi, ya`ni, uni xarid qilmoqchi bo`lgan jamoalar Roysni jarohat olib zaxirada qolib ketishidan qo`rqadi. Shunga qaramay, yuqori mahorat va kuchli salohiyat egasi “Real”da Ronalduni o`rnini bosadigan futbolchilar qatorida bo`lib turibdi. 

Garet BEYL (“Real Madrid”)
Yoshi: 26

Futbol tarixidagi eng qimmat transfer sohibi, uelslik yarim himoyachi Garet Beyl shubhasiz Ronalduning vorislaridan biri sanaladi. Dunyoning eng tezkor futbolchilaridan biri bo`lgan Beyl bugungi kunda ajoyib o`yinlari, texnikasi bilan barchani lol qoldira oladi. Uels terma jamoasi etakchisi yaqin orada “Real”da ham haqiqiy etakchi rolini egallashi turgan gap.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии