Bugun, 20 oktyabr kuni Xalqaro media-xollda “Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini ta`minlash-mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir” mavzusida tashkil etilgan ochiq muloqotda qiynoq masalasiga ham to`xtab o`tildi.
— Nafaqat O`zbekistonni balki butun dunyoni bezovta qilayotgan ikkita masala bu – insonni huquqi va qiynoq masalasi. Er yuzida insonning huquqi buzilmayotgan yoki qiynoq ishlamayotgan davlat bo`lsa, menga manzilini ayting! O`sha joyga borib tajribani o`rganib, O`zbekistonga olib kelay. Afsuski, unday mamlakat yo`q! Aks holda BMT tomonidan qator konvensiya, shartnoma, xalqaro nufuzli hujjatlar qabul qilmagan bo`lar edi. Besh qo`l barobar emas. Hozirda qiynoqqa solgan inson albatta 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Avval bu 8 yil edi, — dedi O`zbekiston Respublikasi bosh prokurori o`rinbosari Svetlana Ortiqova.