AsosiySport

OFK kubogi-2021. “Nasaf” Gongkong klubini mag`lubiyatga uchratdi va finalga yo`llanma oldi

'OFK kubogi-2021. “Nasaf” Gongkong klubini mag`lubiyatga uchratdi va finalga yo`llanma oldi'ning rasmi

Qarshining “Nasaf” klubi OFK kubogi-2021 Inter zonal final bahsida Gongkongning “Li Man” klubiga qarshi maydonga tushdi.  

O`yinning birinchi bo`limidan keyin 2:0 hisobida oldinda borayotgan “Nasaf” klubi, tanaffusdan so`ng ikki bor o`z darvozasidan to`p olib chiqdi. Asosiy bo`limlarda hisob boshqa o`zgarmadi.  

Qo`shimcha bo`limlarning dastlabkisida “Nasaf” Andriya Kaluderovichning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Qolgan vaqt davomida esa hisob o`zgarishsiz qoldi.  

Shunday qilib, “Nasaf” mazkur qiyin kechgan bahsda g`alaba qozondi va finalga yo`llanma oldi. Endilikda ular 5 noyabr kuni final bahsida ishtirok etadi.

OFK kubogi

“Nasaf” – “Li Man” – 3:2

Gol: Fernando Resio (avtogol) 4, 1:0, Husayn Norchaev 26, 2:0, Jivanilton Ferreyra 46, 2:1, Xose Anxel 64, 2:2, Andriya Kaluderovich 105, 3:2

Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar