my5
Sevimli

OFK kubogi-2021: "Nasaf"ning finaldagi raqibi ma`lum bo`ldi

Sport 21.10.2021, 08:43
Теглар: OFK kubogi-2021
OFK kubogi-2021: "Nasaf"ning finaldagi raqibi ma`lum bo`ldi

OFK kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvida "Al-Muharraq" (Bahrayn) klubi o`z maydonida "Quvayt SK"ni qabul qildi. 

Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g`alabasi bilan yakun topdi.  

Natijada, "Al-Muharraq" klubi OFK kubogi finaliga yo`llanma oldi. Aytish kerakki, bu klub Bahrayning eng ko`p sovrinlarga ega chiqqan jamoa hisoblanadi.  

Eslatib o`tamiz, 5 noyabr kuni Bahrayndagi "Al Muharraq Stedium" o`yingohida "Nasaf" va "Al Muharraq" o`rtasida OFK Kubogining hal qiluvchi final  uchrashuvi bo`lib o`tadi. 

G`olib jamoa bosh sovrin hamda 1,5 million AQSh dollari mukofat puliga sazovor bo`ladi.

                                                                                Izzatbek Abduvahobov 

Шарҳлар

Husayn Norchaev turnir to`purariga aylandi, “Nasaf”ga esa “Fair Play” sovrini topshirildi

05.11.2021, 23:25

OFK kubogi-2021 finalidan keyin g`olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o`tkazildi. Unga ko`ra, “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaev musobaqa to`purariga aylandi. U turnir davomida raqiblar darvozasini 7 marotaba...
OFK kubogi-2021. “Nasaf” final uchrashuvida “Al-Muharraq” klubiga yirik hisobda yutqazib qo`ydi

05.11.2021, 22:54

OFK kubogi-2021 final uchrashuvida “Nasaf” Bahraynda “Al-Muharraq” klubiga qarshi maydonga tushdi. Kutilmaganda uchrashuvning 2-daqiqasida futbolchilarimiz o`z darvozasi to`ridan to`p olib chiqdi. Mahmud Al Mardi zarbasidan keyin...