AsosiyJinoyat

Uchtepa va Mirobod tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotganlar qo`lga olindi

'Uchtepa va Mirobod tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`teazildi. 

Unda, “Z.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari S.J. va R.A.lar fuqaro A.ga shifokor reseptisiz, kuchli ta`sir qiluvchi 1 dona “Tropikamid” va 6 dona “Zardeks” nomli dori vositalarini 200 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 329 dona “Karbamazepin” 45dona “Zardeks” va 27 dona “Tropikamid”, nomli dori vositalari saqlanilayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F.M.” MChJga qarashli dorixonada sotuvchisi S.R. xorijda ishlab chiqarilgan 2 dona “Zardeks”  nomli dori vositasini xaridorga 40 ming so`mga sotganligi aniqlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 101 dona “Zardeks”, 68 dona “Regapen”, 20 dona “Tropikamid” hamda S.R.ning avtotransport vositasidan yana 120 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar