Yo`lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida 2021 yil 22,26, 29 oktyabr kunlari “Toshkent-Qo`ng`irot” yo`nalishida 484 -sonli qo`shimcha yo`lovchi poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan ushbu kunlari soat 23.20 da harakatlanadigan mazkur yo`lovchi poezdi faqat Samarqand, Buxoro shaharlarida to`xtab o`tadi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.