Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, 22 oktyabr kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.