AsosiyJinoyat

Buxoroda noma`lum shaxs fuqaroning plastik kartasidan 11 mln so`mdan ortiq pullarni o`g`irlagani aniqlandi

'Buxoroda noma`lum shaxs fuqaroning plastik kartasidan 11 mln so`mdan ortiq pullarni o`g`irlagani aniqlandi'ning rasmi

2 sentyabr kunidan 8 sentyabr kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, Buxoro viloyati Peshku tumani “Navgaxon” mahallasida yashovchi, 1965-y.t. R.O. ga tegishli bo`lgan “Sanoatqurilishbank” tomonidan berilgan plastik kartadan, jami 11.378.650 so`m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000-y.t. I.J. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar