my5
Sevimli

Surxondaryoda uy hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, fuqaroning pullarini o`zlashtirgan shaxs ushlandi

Jinoyat 22.10.2021, 20:50
Surxondaryoda uy hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, fuqaroning pullarini o`zlashtirgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida 28 sentyabr kuni Sherobod tumani “G`ambur” mahallasida yashovchi, L.Lobar tuman IIBga jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Fuqaro o`z arizasida Jarqo`rg`on tumanida yashovchi kelini, K.Xolidaga Jarqo`rg`on tumani “Ulug`bek” mahallasida yashovchi, B.Botir Qumqo`rg`on tumani “Yangishahar” mahallasi hududidagi “uyining hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam beraman!”-deb, 2020-yil sentyabr oyidan beri jami 10.200.000 (o`n million ikki yuz ming) so`m pullarni olib, hozirgi kunga qadar uyning hujjatlarini to`g`irlab bermasdan pullarini o`zlashtirib ketganligini ma`lum qilgan.

7 oktyabr kuni B.Botirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар