TIV rahbari Abdulaziz Kamilov AQSh harbiylarini O`zbekistonga joylashtirish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan, O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi strategik sherikchilik to`g`risidagi deklarasiyasida «o`zaro munosabatlarimiz chegaralari» belgilab berilganini eslatdi. «Ko`plab siyosiy maslahatlashuvlarda amerikaliklarga bu narsa O`zbekiston uchun mutlaqo qabul qilinmasligi etkazilgan», — dedi vazir.
O`zbekiston o`z hududida AQSh harbiylarini joylashtirish zaruriyatini ko`rmayapti, Vashington bu pozisiyani tan oladi, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov payshanba kuni rossiyalik jurnalistlarga.
TIV rahbari 22 oktyabr kuni o`tkazgan matbuot anjumanida «Pervy kanal», «Rossiya 24», «NTV» telekanallari, TASS AA, «Kommersant» va «Komsomolskaya pravda» gazetalari muxbirlari ishtirok etdi. Uchrashuv ikki soatga yaqin davom etdi.
«Bugungi reallik shuki, bunga ehtiyoj yo`q», — dedi Abdulaziz Komilov O`zbekiston hududiga AQSh harbiylarini joylashtirish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.
TIV rahbari 2002 yilda imzolangan O`zbekiston va AQSh o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi deklarasiyada va prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yilda Vashingtonga tashrifi yakunlari bo`yicha qo`shma bayonotda o`zaro hamkorlikning strategik yo`nalishlari belgilab berilganini va «o`zaro munosabatlarimizning chegaralari» bayon etilganini eslatib o`tdi.
«Va ko`plab har yillik siyosiy maslahatlashuvlar, ko`plab jiddiy uchrashuvlar chog`ida amerikaliklarga etkazildi va ular qariyb barchasini tushunishdi hamda siz aytayotgan narsalar O`zbekiston uchun mutlaqo qabul qilib bo`linmas ekanligini tan olishdi va ular ko`tarib chiqilmaydi va muhokama qilinmaydi», — deya qo`shimcha qildi u.