Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Samarqand shahrida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.
Xabarga ko`ra, 17 oktyabr kuni soat 12:25 larda Samarqand shahar, Mirzo Ulug`bek ko`chasida haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan N.M. "KIA" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va ushbu ko`chada yo`lning o`ng tomonida to`xtab turgan "Nexia-3" rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida "Nexia-3" avtomobili undan oldinda to`xtab turgan "Cobalt" rusumli avtomobilning orqa tomoniga to`qnashgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga texnik shikast etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to`plangan va o`rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.