Davlat bojxona qo`mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Toshkent shaxar IIBB Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan birgalikda o`tkazilgan tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlangan shaxs qo`lga olindi.
Muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan K.A. bu gal huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning yuqori mansabdor shaxslari nomini sotib, huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning xizmat-kiyim boshlaridan foydalangan holda fuqarolarni aldab, ularning ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan firibgarlik jinoyatini sodir etgan.
A.K. jinoiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida o`zining jinoiy sheriklari bilan birga fuqarolarni ishga kiritib qo`yish, yirik miqdordagi pul mablag`lari bilan bog`liq qalbaki shartnomalar tuzib berish evaziga juda ko`p miqdordagi pul mablag`larini qo`lga kiritib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan 2021 yil 23 oktyabr kuni fuqaro A.K. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b”, 4-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organiga yuborildi.
Ushbu shaxsdan jabrlangan fuqarolar tergov organiga murojaat qilishlari mumkin.