Ayni daqiqalarda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida MSK raisi o`rinbosari Bahrom Qo`chqorov ishtirokida press-brifing bo`lib o`tmoqda.
"Darakchi" muxbirlarining xabar berishicha, Bahrom Qo`chqorov ushbu press-brifingda saylov jarayonida yo`l qo`yilayotgan ayrim kamchiliklar haqida gapirib o`tgan.
"Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kuni o`tkazilgan monitoring natijalari ba`zi saylov uchastkalarida “oilaviy” ovoz berish holatlari qayd etilganini ko`rsatmoqda.
Ta`kidlash joizki, ko`rilgan keng targ`ibot va tashviqot ishlariga qaramasdan ushbu salbiy amaliyotdan hali-hanuz to`laqonli voz kecha olmadik.
Shuning uchun barcha fuqarolardan “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyiliga qat`iy rioya qilishlarini yana bir bor so`rab qolamiz",–deydi MSK raisi.