AsosiyJamiyat

​​O`zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari ertaga e`lon qilinadi

'​​O`zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari ertaga e`lon qilinadi'ning rasmi

O`zbekistondagi saylov uchastkalarida soat 20:00 holatiga ko`ra prezident saylovi ishtirokchilarining 16 036 914 nafari, ya`ni 80,8 foizi ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

24 oktyabr kuni soat 20:00 da ovoz berish jarayoni rasman yakunlandi. Biroq mamlakatdan tashqaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda va saylov uchastkalarining so`nggisi 25 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da Nyu-Yorkda yopiladi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo`jaevning ma`lum qilishicha, prezidentlikka nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqish jarayonlari davom etmoqda. Saylovning dastlabki natijalari 25 oktyabr kuni soat 16:00 da e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar