my5
Sevimli

Boks bo`yicha Jahon chempionatiga rasman start berildi

Sport 25.10.2021, 13:32
Boks bo`yicha Jahon chempionatiga rasman start berildi

Bugun, 25 oktyabr kuni Serbiya mezbonlik qilayotgan boks bo`yicha navbatdagi jahon chempionatiga  rasman start berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoamiz ham to`liq tarkib bilan jo`nab ketdi.

Kecha, 24 oktyabr kuni jahon chempionatining ochilish marosimi va musobaqa uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Ochilish marosimiga jahon boksi olamidagi yulduzlar, hususan, Olimpiada chempioni hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham AIBA tomonidan mehmon sifatida taklif etilgan.

Bugun, musobaqaning ilk kunida -67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev o`z jangini o`tkazadi. 

Шарҳлар