AsosiySport

O`zbekiston lg`ir atletikachilari Turkiya va Ukraina yig`iniga jo`nab ketishdi

'O`zbekiston lg`ir atletikachilari Turkiya va Ukraina yig`iniga jo`nab ketishdi'ning rasmi

Ma`lumki, joriy yilning 7-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tadi. O`zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko`rish uchun xorij yig`iniga jo`nab ketdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Rejaga ko`ra, tayyorgarlik Turkiya va Ukrainada bo`lib o`tadi. Unga ko`ra, vakillarimiz dastlab Antalya shahrida 11 noyabrgacha yig`in o`tkazishadi. Shundan so`ng 5 dekabrga qadar Ukrainaning Kamenes-Podolsk shahrida so`nggi tayyorgarlikni olib boradilar. Yig`inga asosiy tarkibning 11 nafar vakili, 1 murabbiy va 1 massajchi jalb qilingan. To`liq tarkib bilan tanishing:

Sportchilar:
Sarvar Zafarjonov
Otaxon Imomov
Hojiakbar Olimov
Doston Yoqubov
Muhammadqodir Toshtemirov
Adhamjon Ergashev
Akbar Jo`raev
Ruslan Nurudinov
Tursunoy Jabborova
Kumushxon Fayzullaeva
Rigina Adashbaeva

Murabbiy: Bahrom Mendiboev
Massajchi: Obiddin Muslimov

Jamoamiz 6 dekabr kuni Toshkentga qaytib keladi. Qayd etish joiz, o`z yurtimizda o`tadigan kattalar o`rtasidagi birinchi jahon chempionatiga tayyorgarlik yo`lida mazkur xorij yig`inlari asosiy bosqich vazifasini o`tab beradi.

    Boshqa yangiliklar