my5
Sevimli

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoevni telefon orqali tabrikladi

Jamiyat 25.10.2021, 17:44
Теглар: O`zbekiston, Turkiya, Shavkat Mirziyoev, Rejep Tayyip Erdog`an, Tayy
Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoevni telefon orqali tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida erishgan g`alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo`llab-quvvatlayotganini ko`rsatganini alohida ta`kidladi.

O`zbekiston etakchisi, o`z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi.

O`zaro savdoni yanada ko`paytirish, yirik investisiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta`lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa`y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga bo`lgan tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

06.12.2021, 20:47

Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga davlat tashrifini yakunlab, mamlakatimizga qaytib keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko`tarilgani...
Shavkat Mirziyoev Nur-Sulton shahridagi Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi

06.12.2021, 20:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Bosh vaziri Asqar Mamin hamrohligida Nur-Sulton shahridagi EXPO ishbilarmonlik markazida joylashgan Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot...
Qozog`iston gazetalarida Shavkat Mirziyoevning intervyusi chop etildi

04.12.2021, 09:17

Qog`ozistonning markaziy gazetalarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning intervyusi chop etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.Bugun, Prezident Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga davlat tashrifi arafasida...
Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti bilan telefon orqali so`zlashdi

02.12.2021, 23:06

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid ol Maktum bilan telefon orqali...