sevimli
Sevimli

Prezident klaster tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o`tdi

Jamiyat 27.10.2021, 18:28
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Prezident
Prezident klaster tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o`tdi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida klaster rahbarlari va fermerlardan yozma ravishda kelib tushgan takliflar va eng dolzarb 30 dan ziyod muammo va masalalar ko`rib chiqilishi ma`lum qilindi.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan xabar berishicha, ushbu tizimdagi muammolarning echimlari bo`yicha takliflar ishlab chiqilgan. 

Eng asosiy muammo – amaldagi eskicha moliyalashtirish tartibi, ayni paytda klaster tizimini rivojlantirish bo`yicha qo`yilgan talablarga mutlaqo javob bermayapti. Ayniqsa, paxta-to`qimachilik klasterlari, kredit muddatlarini uzaytirish va miqdorini ko`paytirishni so`ragan. Muammo shundaki, hozirda klasterlarga kredit 11 oy muddatga ajratiladi. Paxta xom ashyosini etishtirib, uni qayta ishlashga esa, kamida 24 oy kerak. Erni ekishga tayyorlash ishlari oktyabrda boshlansa-da, kredit 3-4 oy kechiktirilib, yanvar-fevral oylaridan ajratiladi.

Bu eskirgan tizim, endi to`liq o`zgaradi”, dedi davlat rahbari.

Bundan buyon:

  • klasterlarga kreditlar 24 oy muddatga ajratilib, uning imtiyozli davri amaldagi 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi;
  • Paxta etishtirish uchun imtiyozli kreditlar, faqat klasterlar orqali moliyalashtiriladi;
  • Qishloq xo`jaligi jamg`armasidan ajratiladigan mablag`, hosil etishtirishning amaldagi 60 foizidan 80 foizigacha oshiriladi;
  • yakuniy hisob-kitob uchun, klaster oladigan kredit foizining Markaziy bank stavkasidan oshadigan qismiga byudjetdan kompensasiya ajratiladi.


Bu tizimni joriy etishga, byudjetdan 10 trillion so`m yo`naltiriladi.

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston prezidentining o`g`li boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

17.01.2022, 20:33

17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo`lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi. Bu...
Shavkat Mirziyoev mehnat ta`tilidan nega erta qaytgani ma`lum bo`ldi

15.01.2022, 21:24

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta`tiliga chiqqan edi. Oradan ikki kun o`tib prezident yana ishga qaytdi.«O'zbekiston 24» telekanalida efirga ketgan...
Shavkat Mirziyoev Lukashenkoning so`zlariga munosabat bildirdi

13.01.2022, 21:40

Xavfsizlik kengashi yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev ayrim davlat rahbarlarining so`zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. "Kuni kecha ba`zi davlat rahbarlari tomonidan O`zbekiston...
Prezident Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazdi

12.01.2022, 22:23

12 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot...