sevimli
Sevimli

Ta`limga e`tibor qaratish bizga nima beradi?

Erkin minbar 27.10.2021, 23:30
Ta`limga e`tibor qaratish bizga nima beradi?

So`nggi yilllarda ta`lim sohasiga, xususan, uning ajralmas qismi hisoblangan o`qituvchilarga bo`lgan e`tibor, shubhasiz, ancha o`zgardi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu kasbni egallashni xohlovchi yoshlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Maqolamiz uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi, muhimligi va ahamiyati shu jarayon bilan bevosita bog`liq. Xorijda ta`lim sohasiga va o`qituvchilarga berilayotgan e`tibor bilan o`zimizdagi imkoniyatlarni solishtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, bizning ta`lim tizimimiz ko`zlangan maqsadlarga erishish uchun hali ancha  qadamlar bosishi kerak. Bu yo`lda o`qituvchi-pedagoglarga bo`lgan hurmat va ularning jamiyatdagi o`rnining yanada yaxshilanishi juda muhim omil hisoblanadi. Fikrlashimizcha, mazkur tamoyil ta`lim tizimimiz rivojlanishining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.

Biz yoritmoqchi bo`lgan mavzu o`qituvchilarimizning yutuqlari, dars jarayonlarini tashkil etishdagi o`ziga xosligi bilan birga, mustaqil fikrlashga asoslangan ta`lim dasturi dolzarbligi hamda innovasion ta`limda qo`llaniladigan  metodlar va pedagogik texnologiyalarni to`laqonli ochib berishga qaratilgan.

Oliy ta`lim tizimida o`qituvchilarimizga bo`lgan e`tirof

O`qituvchilar – faqat bayramlarda emas, yilning har bir kunida sababsiz e`zozlanishga haqli!

Quyida Oliy ta`lim muassasamizdagi bir nechta pedagoglarimizning erishgan yutuqlari hamda ulardan o`rgangan bilim va ko`nikmalarimizni e`tirof etib o`tishni lozim topdik:

1. Shomurodova Nigoraxon Nabijonovna – (PhD. Dosent). Darslarga psixologik  yondasha oladigan ustozlarimizdan biri. Bilimi juda kuchli psixolog. Biz ularni professional orator deb hisoblaymiz. Ustozimiz sezgir psixolog bo`libgina qolmay, o`quvchining kayfiyati, fanga qiziqishi, hozirjavobligi va qobilyatini inobatga oladigan haqqoniy tarbiyachi hamdir.

2. Musaxanova Gulnora Mavlyanovna – katta o`qituvchi. Ko`plab pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirgan ustozimizning metodlari bir necha yildirki o`z aktualligini yo`qotmagan. Darsga vazminlik bilan yondasha olishi, talabalarga ortiqcha gapirmasdan bittada hammani e`tiborini jalb qila olishidan hayratlanganmiz doim. Aytgandek, ustozimiz 90 kishilik auditoriyada ma`ruza o`tganida hamma yoq suv quygandek jim-jit bo`ladi. Bu – fakt.

3. Qayumova Mehribonu Sheralievna – katta o`qituvchi. Inson ko`rgan va eshitgan ma`lumotini 50 foizini eslab qolishi barchamizga ayon. Shuning uchun bo`lsa kerak, innovasion texnologiyalardan g`ayridoddiy tarzda foydalanishni ulardan o`rganganmiz. O`quv rejasidagi mavzularni Mehribonu ustozimizdek kreativ tarzda taqdimot qiladigan o`qituvchini hali  uchratmadik.

4. Abdullaeva Ra`najon  Matyoqubovna – psixologiya fanlari nomzodi , dosent. Doimo kulib turadigan xushchaqchaq, ko`ngli ochiq ustozimiz – oila psixologiyasi, bola psixologiyasi va yosh davr psixologiyasi ta`limoti bo`yicha dunyoqarashimiz o`zgarishiga sababchi bo`lgan.

5. Ochilova Gulnoza Odilovna – psixologiya  fanlari bo`yicha falsafa doktori, dosent. “Juda ko`pchilik o`qituvchilar aybni faqat talabaga ag`daradi. Talaba eshitmaydi, darsda o`zini ishi bilan mashg`ul bo`lib o`tiradi, deya faqat bir tomonlama gapirish – bugungi pedagoglarni oldida turgan global muammolardan biri.”Ustozimiz ta`kidlagan aynan mana shu fikr ularni yanada hurmat qilishimizga sabab bo`lgan. Ba`zi bir kollektiv a`zolari xuddi til biriktirgandek “talaba hamma narsaga aybdor” degan fenomenda turib olganida, o`qituvchidagi bu adekvatlilik har qanday odamni chuqur o`ylashga majbur etadi. Ustozimizning darsda qo`llaydigan quyidagi prinsipi bizni har doim qoniqtirgan:“Talaba meni tinglamayaptimi, demak men qanday qilib bo`lsa ham uni e`tiborini o`zimga qaratishim shart. Dars jarayonini shunday tashkil etayki, auditoriyadagi talabalarni diqqatini o`zimga jalb qilmasdan qolmasligim kerak.”

Haqiqatan ham shunday dars bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, shunchaki "respect".

Mustaqil fikrlashga asoslangan ta`lim. Xabaringiz bor, faqatgina yodlash sistemasi bilan o`tkaziladigan dars va mavzudan foyda – minimal. Aynan shuning uchun ham mustaqil fikrlashga asoslangan ta`lim dasturi har bir universitetning muhim omili bo`lib xizmat qilishi kerak. Bu borada biz, tabiiyki, mana shu dasturni to`liq tushuna oladigan va amalda qo`llashni biladigan zamonaviy pedagoglarga muhtojmiz.  

Fikrlashga asoslangan ta`lim dasturi bizga nima beradi?

Bu ta`limning maqsadi – yodlatishdan tashqari, talabaning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. “So`z isboti bilan” – deganlaridek, e`tiboringizga Gustav Lebonning – “Omma psixologiyasi” asaridan quyidagi parchani keltiramiz:

“Darslarni, grammatikani yod olish, takrorlash va taqlid qilish san`atini egallash – ta`limning eng tuturiqsiz ko`rinishidir. Bu tizim e`tiqodning bir ko`rinishiga o`xshaydi, unda o`qituvchi doim haq hisoblanadi, natijada esa o`quvchilardan zaif va irodasiz shaxslar etishib chiqadi. Bunday ta`lim tizimi foydasiz, boshlang`ich maktabdagi o`quvchi foydali bilimlar olish, o`rganish o`rniga turli fanlardagi ma`lumotlarni yodlash bilan band bo`ladi. Biroq bu tizimning bundan ham ko`proq zararli jihatlari mavjud. Bu tizimda ulg`aygan kishi o`z yurtiga nisbatan nafrat bilan qaraydi va bu yurtdan qochib ketishga bo`lgan xohishi juda kuchli bo`ladi.”

Innovasion ta`limda qo`llaniladigan metodlar va pedagogik texnologiyalar.  Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti sharoitida nostandart fikrlaydigan ijodkorlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda fan sohasida bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan mutaxassislarni an`anaviy tayyorlash zamonaviy talablardan ortda qolmoqda. Zamonaviy ta`limning asosi o`quv fanlari emas, balki o`quvchilarning fikrlashi va faolligi bo`lishi kerak. Har qanday oliy o`quv yurtining vazifasi nafaqat yuqori malakali mutaxassislarni bitirishi, balki talabalarni tubdan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga, ularni ishlab chiqarish muhitining real sharoitlariga moslashtirishga qo`shishdir. Shu bilan birga, o`quv jarayonida talabalarning quyidagi qobiliyatlarini rivojlantirish muhim: ijodiy faollik, ijodiy fikrlash, baholash, rasionalizasiya qilish va bozorning o`zgaruvchan ehtiyojlariga tez moslashish qobiliyati.Bunday ko`nikmalarni egallash ko`p jihatdan bo`lajak mutaxassislarni tayyorlash mazmuni va uslubiga bog`liq.

Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda talabalarni o`qitishning innovasion yondashuvlari tizimli bo`lishi va bo`lajak mutaxassislarni tayyorlashda o`qitish va tarbiyaviy ishlarning barcha jabhalarini qamrab olishiga alohida e`tibor qaratiladi. Shuningdek, ta`lim mazmuni, o`qituvchilarning kasbiy va pedagogik tayyorgarligi, yangi texnologiyalar va o`qitish usullarini ishlab chiqish bo`yicha nazariy va amaliy yondashuvlarni qayta ko`rib chiqish zarur. Bu masalalarni J. Martin, L. Svenson, I. Lerner, M. Skatkin, V. Bespalko, V. Slastenin, O. Pexota, S. Sysoeva va boshqalar kabi mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar faol o`rganishadi. Ammo, o`quvchilar uchun innovasion o`qitish usullarining xususiyatlari va o`ziga xos xususiyatlarini ko`rib chiqish, shuningdek, ta`limning har xil innovasion shakllaridan foydalanishning afzalliklari va istiqbollarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. O`quv jarayonida qo`llaniladigan innovasion ta`lim texnologiyalarining asosi o`quvchilarning individual, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy buyurtma, bo`lajak mutaxassislarning kasbiy manfaatlari bo`lishi kerak. Shuning uchun oliy ta`limda mutaxassislar tayyorlashda innovasion shakl va usullardan foydalanish ta`lim va o`qitishning maqsad va vazifalarini pragmatik tushunish bilan birlashtirilishi kerak.  

Zamonaviy psixologik va pedagogik adabiyotlarda ta`kidlanishicha, innovasion uslublar o`quv jarayonini rivojlantirish va takomillashtirishga, zamonaviy jamiyatning turli sohalarida professional faoliyat uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan ko`plab o`qitish texnologiyalarida o`z aksini topgan. Ular talabalar o`rtasida kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish va mustahkamlash uchun sharoit yaratadi, bo`lajak mutaxassisning kasbiy fazilatlarini rivojlantirishga hissa qo`shadi. O`qitish jarayonida o`qituvchilar tomonidan innovasion usullardan foydalanish turli fanlarni o`qitishda stereotiplarni bartaraf etishga, kasbiy vaziyatlarga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Ta`limga e`tibor – kelajak poydevori.

Ta`limga sarflanadigan xarajatlar ijtimoiy taraqqiyotning asosiy ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi, chunki ular davlat va jamiyat tomonidan fuqarolar ta`limiga qaratilayotgan e`tibor darajasini aks ettiradi. Ta`limga investisiyalar nafaqat mamlakatning inson kapitalini yuksaltirish va iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashning muhim usuli hisoblanadi, balki ular ham o`ziga xos qiymatga ega, chunki ta`lim odamlarning dunyoqarashini kengaytiradi, o`z-o`zini anglash imkoniyatini beradi va o`z materiallarini yaratishga hissa qo`shadi, farovonlik va sog`lom turmush tarziga bevosita bog`liq. Shu bilan birga, bu ko`rsatkich ma`lum bir davlat ichidagi har xil ijtimoiy guruhlar o`rtasida ta`limga sarflanadigan xarajatlar qanday teng yoki notekis taqsimlanganligini, ta`limga davlat va xususiy xarajatlar nisbati va bu xarajatlar tarkibi, shuningdek, ular bilan bog`liqligini hisobga olmaydi. Omillar. Shuni ham unutmaslik kerakki, bir qator rivojlanmagan mamlakatlarning nisbatan yuqori lavozimlari, qoida tariqasida, ushbu davlatlarning xalqaro institutlari va xayriya tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan ommaviy savodsizlikni yo`q qilish dasturlari bilan bog`liq. Shuning uchun bu reytingni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining ta`lim darajasi bo`yicha dunyo mamlakatlari reytingi bilan birgalikda tahlil qilish tavsiya etiladi. Faktlarga qaytsak, quyida bir nechta xorij mamlakatlari hamda bizning ta`lim tizimimizdagi vaziyatni solishtirib, bir nechta hayratlanarli xulosalarni olishimiz mumkin:

1-rasm. O`zbekiston, Germaniya va AQSh mamlakatlarining ta`limga ajratadigan bir yillik xarajatlari (2021-yil)

“O`qituvchi abadiyatga ta`sir ko`rsata oladi, uning ta`siri qaerda tugashini hech qachon bilib bo`lmaydi.” - Genri Adams.  

Darhaqiqat, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz hamda mentalitetimiz negizida, shubhasiz, o`qituvchiga bo`lgan hurmat va e`tibor mujassam.

Yuqoridagi keltirilgan barcha ilmiy ma`lumotlar va shaxsiy izlanishlarimiz xulosasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, talaba va o`qituvchi o`rtasidagi to`g`ri o`quv dasturini yo`lga qo`ygan va o`zaro hurmatni shakllantirgan ta`lim tizimigina ko`zlangan progressga erisha oladi.

O`qituvchiga ko`rsatiladigan hurmat juda ham ko`p omillar ta`sirida shakllanadi. Ulardan eng birinchisi – hukumat tomonidan beriladigan e`tibor hisoblanadi. Agarda o`qituvchilarga etarlicha sharoit yaratilib berilsa, jamiyatdagi o`rni mustahkamlansa, haqiqatdan ham boshqa barcha kasblarning otasi sifatida qaralishi ta`minlab berilsa, shubhasiz, bu o`z natijasini beradi. Shunday sharoitlarda tarbiyalanib chiqqan har bir avlod o`zidan keyingi avlodga ham shu an`anani meros qilib qoldiradi.

Munira Niyazimbetova

TDIU talabasi, Yosh jurnalist

Шарҳлар