sevimli
Sevimli

Instagramda yangi funksiya joriy etildi

Hi-tech 28.10.2021, 16:38
Instagramda yangi funksiya joriy etildi

Instagram stories-larga boshqa saytlar havolalarini qo`shish imkoniyatini hamma uchun taqdim qiladigan bo`ldi. Avvallari bu faqat 10 mingdan ortiq obunachisi bo`lgan foydalanuvchilar, shuningdek, tasdiqlangan hisob egalari (tasdiq belgisi bilan ko`k belgi) uchun mumkin bo`lgan. Endi bu funksiyadan har kim foydalanishi mumkin.

“Siz ovqat pishirishga, ko`ngillilik qilishga yoki xarid qilishga qiziqasizmi, endi sizda obunachilaringizning o`lchamidan qat`i nazar, stories orqali baham ko`rish uchun imkoningiz bor”, deyiladi kompnaiya xabarida.

 

Kompaniyaning ta`kidlashicha, tarmoq keng doiradagi foydalanuvchilarning “muhim narsalarni do`stlar va oila a`zolari bilan bo`lishish” istagini “tinglagan”.

Шарҳлар