Sevimli

Ikki nafar hamyurtimiz harbiylar o`rtasida jahon chempioni oltin medalini qo`lga kiritdi

Sport 30.10.2021, 20:47
Теглар: O`zbekiston, Fransiya, JCh
Ikki nafar hamyurtimiz harbiylar o`rtasida jahon chempioni oltin medalini qo`lga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahri bugundan 4 noyabrgacha Harbiylar o`rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O`zbekiston dzyudo federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O`z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Bugun jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlari terma jamoamiz uchun omadli keldi. Diyora Keldiyorova va Dilshodbek Baratov o`z vazn toifalarida oltin medalni qo`lga kiritishdi.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kadetlar o`rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova endi harbiylar o`rtasida ham jahon chempioniga aylandi. U to`g`ridan-to`g`ri yarim finaldan bahslarga qo`shildi. Bu bosqichda fransiyalik Cheenne Munierni, finalda esa yana bir mezbonlar vakilasi Julie Veyll Dit Moreyni mag`lubiyatga uchratdi.

Erkaklar o`rtasidagi musobaqaning -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida tatamiga chiqqan Dilshodbek Baratov avstriyalik Daniel Leutgeb, eronlik Muhammad Hoseyn, finalda esa fransiyalik Jolan Florimontdan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

Shuningdek, bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz a`zolaridan Shavkat Saitkulov, Artyom Shturbabin (ikkisi ham -66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg) va Shukurjon Aminova (-57 kg) ham medallar uchun kurash olib borishdi. Ammo ulardan bu safar omad yuz o`girdi.

Шарҳлар

Fransiyada shifokorlar etishmasligi kuzatilmoqda

31.12.2021, 11:25

Fransiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tufayli holat ancha jiddiylashib bormoqda. Natijada, shifokorlarga bo`lgan talab sezirarli darajada o`sgan. Bu haqda euronews xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, "omikron" tufayli...
Fransiyada koronavirus bilan bog`liq holatlar ko`paygani ma`lum qilindi

29.12.2021, 23:16

Fransiyada koronavirus bilan kasallanish holati ko`paygani ma`lum qilindi. Bu haqda sog`liqni saqlash vaziri Olive Veran ham tasdiqladi. Vazir ta`kidlashicha, oxirgi sutkada 209 kishida kasallanish holati kuzatilgan....
Og`ir atletikachilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida tengsiz bo`lishdi

18.12.2021, 12:45

Toshkent mezbonlik qilgan og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati o`z yakuniga etdi. Bir necha kun davomida dunyoning eng kuchli atletlari chempionlik yo`lida murosasiz raqobat...
Gandbolchi qizlarimiz jahon chempionati guruh bosqichidagi ishtirokini yakunlashdi

08.12.2021, 22:32

Ispaniyada davom etayotgan ayollar o`rtasida gandbol bo`yicha jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Uchinchi turda vakillarimiz Puerto-Rikoga qarshi bahs olib borishdi.  Shiddatli...