Italiyaning “Napoli” klubi Maradon kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Napoli” turnirdan ishtirok etish uchun tashkilotchilardan 5 million evro so`ragan. Biroq tashkilotchilar bunga rad javobini bergan.
Tashkilot turnirda ishtirok etishga rozilik bergan “Barselona” va “Boka Xuniors”ning har biriga 1 million evrodan beradi.
Shuningdek, “Napoli” moliyaviy kelishuv bo`lmagani tufayli turnirda ishtirok etishni rad qilgan. Turnir Saudiya Arabistonida o`tkaziladi.