30 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida UFC navbatdagi turniri bo`lib o`tdi.
Tashkilotchilar mazkur turnirning eng yaxshi jangchilari uchun atalgan bonuslarni kimlarga topshirganini ma`lum qildi. Aniqlanishicha, Petr Yan, Kori Sedxagen, Glover Teysheyra va Xamzat Chimaevlar kafolatlangan gonarardan tashqari qo`shimcha 50 ming dollar mukofot puliga ham sazovor bo`lishgan.
Eslatib o`tamiz, mazkur turnirda Xamzat Chimaev navbatdagi g`alabasiga erishgan bo`lsa, Petr Yana vaqtinchalik chempion nomiga sazovor bo`ldi. Braziliyalik 42 yoshli Glover Teysheyra esa yarimog`ir vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.