Belgradda o`tkazilayotgan boks bo`yicha jahon chempionatida eng og`ir vazn toifasida ishtirok etayotgan Lazizbek Mullajonov (+92 kg) navbatdagi g`alabasini qo`lga kiritdi.
O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi bu haqda xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, angliyalik Delisius Orega qarshi ringga ko`tarilgan O`zbekiston vakili o`zining tezkor va aniq zarbalari bilan ajralib turgan.
Yakunda bu harakatlar hakamlarning ham e`tiboridan chetda qolmadi.
Endi Mullajonov chorak finalda armanistonlik Davit Chaloyan bilan hisob-kitob qiladigan bo`ldi.