AsosiySport

O`zbekiston vakili 2022 yilgi qishki Olimpiya o`yinlariga ilk yo`llanmani qo`lga kiritdi

'O`zbekiston vakili 2022 yilgi qishki Olimpiya o`yinlariga ilk yo`llanmani qo`lga kiritdi'ning rasmi

Chang`i sporti bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Komiljon To`xtaev 2022 yilda  Xitoy poytaxti Pekinda bo`lib o`tadigan qishki Olimpiya o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo« AA muxbiri.

Chang`i sporti federasiyasi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, o`zbekistonlik tog` chang`ichi  ushbu sportning «slalom» va «gigant slalom» yo`nalishlarida saralash bahslaridagi chiqishlar doirasida ochkolar bo`yicha belgilangan me`yorlarni bajardi.

O`zbekiston Xalqaro olimpiya qo`mitasi qoidalariga ko`ra, tog` chang`isi bo`yicha faqat 2 kvota (1 ayol, 1 erkak) talab qilishi mumkin.

Saralash davri 2019 yil 1 iyuldan boshlangan. Uning yakunigacha, ya`ni 2022 yil 16 yanvariga qadar mamlakatimiz qishki Olimpiya o`yinlariga navbatdagi yo`llanmani qo`lga kiritishi mumkin.

Federasiya xabarida aytilishicha,  O`zbekiston chang`i sportining boshqa turlari — snoubord, fristayl, ski-kros, chang`i yugurish turlari bo`yicha ham yo`llanmalarni qo`lga kiritish imkoniyatiga ega.

Eslatib o`tamiz, qishki Olimpiya o`yinlari Pekinda 2022 yilning 8−20 fevral kunlari o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar