AsosiySport

O`zbekistonda MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum bo`lib o`tadi

'O`zbekistonda MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum bo`lib o`tadi'ning rasmi

Ertaga Toshkentda MDH, Boltiqbo`yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum boshlanadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda ushbu mintaqa vakillarining Milliy olimpiya qo`mitalari rahbarlari va mutasaddilari ishtirok etishadi.

Mazkur forumni o`tkazishdan ko`zlangan maqsad, MDH, Boltiqbo`yi va Gruziya davlatlari o`rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlikni sport yo`nalishida ham yanada mustahkamlash, o`zaro tajriba almashish va birgalikda taraqqiy etishning yangi rejalarini muhokama qilishdan iborat.

Forumda mintaqaning 14 mamlakatidan 34 nafar delegat ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida bir nechta MOQ prezidentlari, Bosh kotiblari, yaqin o`tmishdagi nufuzli musobaqalarning g`olib va sovrindorlarini ham uchratish mumkin.

Ertaga “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida forumning yalpi yig`ilishlari boshlanadi. Unda mintaqamiz sportini rivojlantirish, yangi strategik

    Boshqa yangiliklar