sevimli
Sevimli

Har bir so`m investisiya iqtisodiyotga natija bo`lib qaytishi, xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi kerak - Prezident

Jamiyat 04.11.2021, 21:03
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Prezident
Har bir so`m investisiya iqtisodiyotga natija bo`lib qaytishi, xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi kerak - Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoev 4 noyabr kuni investisiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Davlatimiz tomonidan oqilona iqtisodiy diplomatiya yuritilayotgani natijasida eksport va investisiya miqdori izchil oshib bormoqda. Xususan, so`nggi besh yilda xorijiy investisiyalar hajmi 3 barobar o`sgan. Buning evaziga yuzlab zavod va korxonalar ishga tushirilib, mahsulot va xizmatlar ko`paydi, odamlar ishli bo`ldi, yangi inshootlar qurildi.

Bunday ishlar har bir tarmoq va hududda davom etmoqda. Yil boshidan buyon 179 ta yirik va 10 mingta hududiy loyihalar ishga tushirilgan. Ularga 76 trillion so`m investisiya yo`naltirilgan. 143 mingta ish o`rni tashkil etilgan.

Yig`ilishda yangi loyihalarni o`z vaqtida bajarish va avval ishga tushganlarini to`liq quvvatga chiqarish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Oxirgi yillarda foydalanishga topshirilgan 442 ta loyiha past quvvatda ishlayotgani qayd etildi. Joyida o`rganilganda, ularning 238 tasida xomashyo va bozor topish, 115 tasida kredit, 35 tasida infratuzilma bilan bog`liq muammolar borligi aniqlangan.

Viloyat hokimlariga ushbu korxonalar muammolarini hal etish yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga yil yakuniga qadar 139 ta yirik va 3 mingta hududiy loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo`yildi.

Davlatimiz rahbari har bir so`m investisiya iqtisodiyotga natija bo`lib qaytishi, xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi kerakligini ta`kidladi. Shu bois loyihalar bo`yicha kreditlarning maqsadli ishlatilishi va kelgusida natija berishi qat`iy nazoratga olindi.  

Sanoat loyihalarida asosiy e`tibor zamonaviy, raqobatbardosh, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Shu bois ular uchun ilg`or xorijiy texnologiyalar xarid qilingan.

Yig`ilishda joriy yilda import qilingan 270 dan ortiq uskuna hali o`rnatilmagani ko`rsatib o`tildi. Bunga sabab bo`layotgan jarayonlarni soddalashtirib, uskunalarni tezroq foydalanishga kiritish zarurligi ta`kidlandi.

Shavkat Mirziyoev Prezident saylovi oldidan xalq bilan uchrashuvlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish bo`yicha yangi tizim joriy etilishini aytgan edi. Buning uchun har bir hududda “tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangi tuzilmalar tadbirkorlarning biznes hamkoriga aylanadi. Ular tadbirkorlarning yonida turib, g`oyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni to`liq quvvatda ishlashigacha har kuni yordam berishga mas`ul bo`ladi.

Yig`ilishda ushbu yangi tizimni tez va samarali tashkil etishga doir vazifalar belgilandi.  

Prezident xorijiy investisiya va eksport hajmini oshirishda mamlakatimizning chet davlatlardagi elchilari faoliyati muhimligini ta`kidladi. Hudud va tarmoq rahbarlariga istiqbolli loyihalar topib, elchilar bilan birgalikda ularni amalga oshirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar va hokimlar axborot berdi.

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston prezidentining o`g`li boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

17.01.2022, 20:33

17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo`lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi. Bu...
Shavkat Mirziyoev mehnat ta`tilidan nega erta qaytgani ma`lum bo`ldi

15.01.2022, 21:24

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta`tiliga chiqqan edi. Oradan ikki kun o`tib prezident yana ishga qaytdi.«O'zbekiston 24» telekanalida efirga ketgan...
Shavkat Mirziyoev Lukashenkoning so`zlariga munosabat bildirdi

13.01.2022, 21:40

Xavfsizlik kengashi yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev ayrim davlat rahbarlarining so`zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. "Kuni kecha ba`zi davlat rahbarlari tomonidan O`zbekiston...
Prezident Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazdi

12.01.2022, 22:23

12 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot...