Istanbul shahridagi Otaturk madaniyat markazida “Qo`rqut ota" turk dunyosi kinofestivalining yopilish marosimi bo`lib o`tdi.
Unda Turkiya, Ozarbayjon, O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston Respublikalari Madaniyat vazirlari, kinoijodkorlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Marosim doirasida Turkiy tilli davlatlar Madaniyat vazirlari o`rtasida “Kino sohasini rivojlantirish to`g`risida”gi hujjat imzolandi.
Shuningdek, “Qo`rqut ota" turk dunyosi kino festivali 2022 yili Bursa shahrida, undan keyingi yillarda navbatma-navbat turkiy tilli davlatlarda o`tkazishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, “Qozoq film” bosh direktoriga maxsus mukofot topshirdi.
Festivalning yopilish marosimida Turkiya Respublikasi opera va balet bosh direksiyasi direktori, mashhur Tenor Murat Qaraxon va O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Mendirman o`sha” hamda turk xalqining “Gunduz-geje” qo`shig`ini birgalikda kuyladi.