AsosiyMadaniyat

“Tutqunlik” filmi xalqaro kinofestival dasturidan o`rin oldi

'“Tutqunlik” filmi xalqaro kinofestival dasturidan o`rin oldi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Rashid Malikov rejissyorligida suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmi Rossiyada noyabr oyida bo`lib o`tadigan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivali dasturidan o`rin oldi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur kinokartina yaqinda Turkiyaning “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, hakamlar hay`atining maxsus sovriniga sazovor bo`lgan edi.  

“Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivali joriy yilning 16-20 noyabr kunlari Moskva viloyatining qadimgi Volokolamsk shahrida bo`lib o`tadi.  

Ma`lumot uchun, 2018 yilda rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” badiiy filmi mazkur kinofestivalning “Gran-pri” sovriniga ega bo`lgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar