Kinematografiya agentligi “Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan «Va`da» (“Promise”) qisqa metrajli filmi yana bir xalqaro kinofestival "IFFF" (International folklore film festival) dasturiga kiritildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur kinofestival 2022 yili 1-5 yanvar kunlari beshinchi marotaba Hindistonda o`tkaziladi. Unda turli janrlardagi filmlar bilan professional ijodkorlar, mutaxassis yoshlar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
“Va`da” qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Azizbek Qurbonov, postanovkachi rejissyor Otabek Yuldashev, operator Ilyos Islomov, postanovkachi rassom Sardor Mahmudov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Hilol Nasimov.
Ma`lumot uchun, “Va`da” qisqa metrajli filmi 6 dekabr kuni Turkiya Respublikasida bo`lib o`tadigan "9. International silkroad film awards" kinofestivalining dasturiga ham kiritilgan.