Sevimli

Facebook bitta translyasiya uchun $10−50 ming taklif qilmoqchi

Hi-tech 19.11.2021, 20:50
Facebook bitta translyasiya uchun $10−50 ming taklif qilmoqchi

Ijtimoiy tarmoq shu tariqa TikTok bilan raqobatlashmoqchi.

Facebook mualliflardan kamida 30 daqiqa davomida to`rttadan oltitagacha jonli efirga chiqishlarini istaydi, deb yozadi The Information. Nashrda blogerlar ushbu shartlarni qaysi muddatda bajarishi kerakligi ko`rsatilmagan.

To`g`ridan-to`g`ri translyasiyalardan tashqari, platforma podkastlar, musiqa va ovozli xabarlarni qo`llab-quvvatlaydi.

Iyul oyida Mark Sukerberg 2022-yil oxirigacha kompaniya kontent mualliflariga kompaniyaning turli xizmatlaridan — masalan, reklama videolari, jonli efirlar, Reelsʼda kontent yaratish va boshqalardan foydalanish uchun $1mlrd to`lashini ma`lum qilgan edi.

Noyabr oyida Instagram foydalanuvchilarga Reelsʼda qisqa videolarni joylashtirgani uchun $35 minggacha taklif qildi. Kompaniya blogerlarni qo`llab-quvvatlash dasturi hali sinov bosqichida ekanligini ma`lum qildi. Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoq shu tariqa TikTok bilan raqobatlashmoqchi.

Шарҳлар