AsosiyMadaniyat

O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi

'O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi'ning rasmi

Kuni kecha o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning 41-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqib, so`nggi yillar agentlik va VGIK o`rtasida imzolangan memorandumlar, Toshkentdagi filialning ochilishi, kelgusida hamkorlikning yanada rivojlantirish borasida so`zladi.

VGIK direktori Vladimir Malishevga agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko`krak nishonini taqdim etdi.

Shuningdek, Firdavs Abduxoliqov agentlik tomonidan 2 yil davomida Moskvaga o`qishga yuborilgan talabalar bilan uchrashdi. Mahorat darslari va davra suhbatlari tashkil etildi. Ularning o`qish jarayonidagi holatlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, malakali dars olishdagi sharoitlari o`rganildi.

O`zbek kinoijodkorlari rossiyalik kinoprodyuserlar va ijodkorlar bilan suhbatlashishdi. Endilikda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladigan ko-produksiyalar bo`yicha hamkorliklar kelishib olindi. Ayniqsa, yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash, iste`dodlarini yuzaga chiqarish bo`yicha yangi loyihalar taqdim etiladi.

Eslatib o`tamiz, endilikda o`zbek kinoijodkorlari 20-26 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan Belarus Respublikasida “Listapad” XVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etadi.

O`zbek delegasiyasida Jahongir Ahmedov, Dilorom Karimova, Aysenem Yusupova, Muhammadali Iskandarov, Akbar Bekturdiev va boshqa taniqli kinoijodkorlar bo`lib, kinofestival dasturidagi tadbirlarga qatnashishadi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar