AsosiyMadaniyat

2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlangan “Tutqunlik” kinokartinasi namoyish etildi

'2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlangan “Tutqunlik” kinokartinasi namoyish etildi'ning rasmi

Bugun Kinematografiya agentligi Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida “Tutqunlik” kinokartinasi namoyish etildi.  

Mazkur kinonamoyishlar “Mahallada duv-duv gap”, “Mahallamizda yangi O`zbekistonning yangi kinofilmlari” nomi ostidagi kino oyligi doirasida tashkil qilinmoqda.

Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo`yicha 2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlanadi.

Ssenariy mualliflari Azamat Qorjovov, Rashid Malikov, postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo`yicha rassom Elena Aitova.

    Boshqa yangiliklar