AsosiyMadaniyat

Ispaniyada O`zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga bag`ishlangan festival o`tkaziladi

'Ispaniyada O`zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga bag`ishlangan festival o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekistonning Madriddagi elchixonasida «Mudexares» jamoatchilik madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda Valensiya  provinsiyasining Ontenente shahrida 2022 yil  16-24 avgust kunlari O`zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag`ishlangan festivalni yuqori saviyada  o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Loyiha menejeri Rafael Ferreroning so`zlariga ko`ra, madaniy tadbir dasturidan milliy liboslar ko`rgazmasi, an`anaviy kashtachilik, fotoko`rgazma, milliy raqslar, O`zbekiston amaliy san`ati yarmarkasi, o`zbek milliy oshxonasi taqdimoti, shuningdek, simfonik orkestrning «Samarqand», «Farg`ona» va «Ulug`bek» musiqiy kompozisiyalari kiritilgan konsert joy olgan. Ushbu kompozisiyalar  mashhur ispan kompozitori Saul Gomes Soler tomonidan Samarqandning ko`hna tarixi, Farg`ona vodiysi ikati va Mirzo Ulug`bek hukmronligi davridan ilhomlanib yozilgan.

Mazkur festivalga tayyorgarlik ishlari doirasida Ontenente shahrida simfonik orkestrning konserti tashkil etildi. Unda ushbu kompozisiyalar ijro etildi. Konsert mehmonlari musiqiy dasturni iliq kutib oldi.

    Boshqa yangiliklar