AsosiyDunyo

“Tolibon” harakati Afg`onistondagi telekanallar uchun yangi qoidalarni joriy etdi

'“Tolibon” harakati Afg`onistondagi telekanallar uchun yangi qoidalarni joriy etdi'ning rasmi

“Tolibon” harakati Afg`onistonda faoliyat yuritayotgan telekanallar uchun yangi qoidalarni joriy etdi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda ayollar ishtirokidagi seriallar, shariat qoidalariga mos kelmaydigan kino va ko`rsatuvlar namoyish etish taqiqlandi. Shuningdek, ayollar va erkaklar yarim yalang`och holda bo`lgan kliplar ham ko`rsatilishiga ruxsat berilmaydi.  

Ko`ngilochar ko`rsatuvlar aholining diniy tuyg`usini kamsitmasligini ta`milash asosiy vazifa sifatida belgilandi.  

Manbada aytilishicha, jurnalist va boshlovchi ayollar kadrda ro`mol o`ragan bo`lishi lozim.

Boshqa yangiliklar