Kinematografiya agentligi “Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan «Tandir» qisqa metrajli filmi “Lobo fest” (International film festival) xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Mazkur kinofestival joriy yilning 23-27 noyabr kunlari Braziliyada o`tkaziladi. Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Postanovkachi rejissyor Azizbek Qurbonov, ssenariy muallifi Xurshid Serobov, postanovkachi operator Muzaffar Kenjaboev, postanovkachi rassom Oxunjon Sharipov, operator Odiljon Qosimov, kartina direktori Sharif Qosimboev.