Taniqli o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Belarus Respublikasidagi “Listapad” XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etmoqda.
Kuni kecha kinofestival doirasida "O`zbek kino kunlari" boshlandi. Dasturga ko`ra, Gomel shahrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi.
Shuningdek, film ijodkorlari O`zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, rejissyor Jahongir Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Saidov, OAV vakillari va boshqalar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil qilindi.
“Ilhaq” badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.
Ma`lumot uchun, "Ilhaq" filmi 26 noyabrga qadar “Oktyabr”, “Kosmos”, “Vostok” i “Krasnaya zvezda” kabi kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Eslatib o`tamiz, kinofestival doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan Muhammadali Iskandarov rejissyorligidagi "Men terrorchi emasman" filmi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.