AsosiyDunyo

Apple shtab-kvartirasida noma`lum shaxsning jasadi topildi

AQShning Kaliforniya shtati Kupertino shahrida joylashgan Apple shtab-kvartirasida noma`lum erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Jasad kompaniya konferens zallaridan birida topilgan. Uni topgan kompaniya xodimlari polisiya chaqirib, erkak o`z joniga qasd qilgan bo`lishi mumkinligini aytgan. Apple kompaniyasi rahbariyati holatni hozircha izohsiz qoldirgan. Tergov-surishtiruv olib borayotgan polisiyachilar vafot etgan shaxsning kompaniya xodimi yoki mijoz ekanligini oshkor qilmayapti. 

Kupertino shahrida joylashgan Apple shtab-kvartirasi 1993 yilda qurilgan bo`lib, unda 10 ming kishi ishlaydi.

Boshqa yangiliklar