my5
Sevimli

“Umurtqa protruziyasi xavflimi?”

Salomatlik 28.04.2016, 11:08
Теглар: Salomatlik
“Umurtqa protruziyasi xavflimi?”

Yaqinda magnit rezonans tomografiya tekshiruvidan o`tdim. Tahlil xulosasiga ko`ra menga umurtqa churrasi va protruziyasi tashxisi qo`yildi. Aslida ham protruziya nima degani? Xavfli kasallik emasmi? 

Umarjon Abdullaev, Andijon viloyati, Asaka tumani 

Savolga oliy toifali shikofor vertebrolog Rustam MUSAEV javob beradi: 

Protruziya umurtqalar orasida joylashgan diskdagi ostexondroz kasalligi asoratida yuzaga keladigan holatdir. Ostexondrozda umurtqalar orasidagi diskda degenerativ o`zgarishlar sodir bo`ladi. Disk ichidagi bosim kasallik evaziga ortadi. Umurtqalararo dikslar ikki hil tarkibdan iborat: fibroz halqa va pulpoz o`zak (yadro). Pulpoz o`zakning siljishi protruziyaga olib kelsa, pulpoz o`zakning fibroz halqasini yirtib chiqishi churraga sabab bo`ladi. Anglaganingizdek, umurtqalararo disk churrasining boshlang`ich jarayoni protruziyadir. Sizga tavsiyam umurtqa kasalliklari mutaxassisi – vertebrologga murojaat qiling. Tibbiy ko`rikdan so`ng kerakli davo choralari buyuriladi. Asosiy muolaja bilan birgalikda ortopedik rejimga rioya etish, og`ir ko`tarmaslik, shamollash holatlaridan saqlanish, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish, suzish, turnikka osilish, uzoq o`tirmaslik va harakatda bo`lish lozim. Bezovtalik kuzatilganida og`rik xarakteriga ko`ra zarur choralar ko`riladi.

Шарҳлар

Матлюба 24.09.2021, 23:09
Протрузияни кандай даволаса булади.
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...