sevimli
Sevimli

Prezident Turkmanistonga boradi, sababi...

Siyosat 26.11.2021, 16:07
Prezident Turkmanistonga boradi, sababi...

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o`n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun tashrif bilan Ashxobod shahrida bo`ladi.

Sammitda tashkilot doirasidagi ko`p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va innovasiyalarni joriy qilish masalalari ko`rib chiqiladi.

Qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Шарҳлар